O‘zbekistonlik futbol hakamlari Estoniya yashil maydonlarida o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida navbatdagi uchrashuvni boshqarish uchun mas’ul etib belgilandi.
Shu yilning 29 may kuni musobaqa doirasida Fransiya hamda Daniya o‘smirlar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik FIFA referisi Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida maydonga tushadi.
Unga qanotlarda yurtdoshimiz Ruslan Serazitdinov hamda kiprlik Eraklis Komodromos yordam beradi.
Uchrashuv hakamlar brigadasi tarkibi:
Bosh hakam: Asker Najafaliyev (O‘zbekiston)
Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov (O‘zbekiston), Eraklis Komodromos (Kipr)