Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik 200 nafar fuqaro Yaponiyaga IT sohasida ishga yuboriladi

O‘zbekistonlik 200 nafar fuqaro Yaponiyaga IT sohasida ishga yuboriladi

O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyada IT sohasida ishlaydi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Yaponiyaning CAL Co. Ltd. tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda yapon kompaniyasi vakillari tomonidan joriy yilning aprel oyida Toshkentda tashkil etilgan IT hamda yapon tiliga tayyorlash kurslari faoliyati haqida ma’lumotlar almashildi.

Tadbir yakunida esa 200 nafar fuqaroni IT va elektrotexnika sohalari bo‘yicha Yaponiyaga ishga jalb qilish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kiritildi: 17:35 05.07.2024. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!