Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonga bugun Xitoydan yana vaksina keltirildi

A A A
O‘zbekistonga bugun Xitoydan yana vaksina keltirildi

Bugun, 20 iyul kuni, O‘zbekistonga Xitoydan yana 1 million doza Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi. Avvalroq , Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming dozada vaksina yuborgani haqida xabar qilgan edik.

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln dozalik birinchi partiyasi joriy yilning 27 mart kuni, 1 million doza - 27 aprel kuni, 1 mln doza - 18 may kuni, 500 ming doza - 19 may, 1 mln doza – 10 iyunda, 1 mln doza 29 iyun kuni va yana 1 million doza 30 iyun kuni keltirilgan.

Ayni kunda Toshkentda 18 yoshdan yuqori aholi ixtiyoriy ravishda mazkur vaksina bilan emlanmoqda.

Bu Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmasevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda o‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksinadir.

Kiritildi: 12:30 20.07.2021. O'qildi: 2924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik