O‘zbekistondagi saylovda Hindistondan 30 nafar kuzatuvchi qatnashadi
O‘zbekistonda 27 oktabrda bo‘ladigan deputatlik saylovida Hindistondan 30 nafar kuzatuvchidan iborat guruh ushbu saylovni kuzatish uchun O‘zbekistonga kelishi rejalashtirilgan. Bu haqida "The New Indian Express" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu kuzatuvchilar tarkibida ta’lim sohasidagi vakillar, olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ladi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustambayev: "Biz O‘zbekiston parlament sayloviga qariyb 1000 nafar kuzatuvchini taklif qildik. Hindiston biz uchun muhim hamkor bo‘lib, Hindistondan 30 nafar kuzatuvchi guruhiga mezbonlik qilamiz", — deb aytgan.