Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tojikiston futzal jamoasiga 100 ming AQSh dollar pul mukofoti ajratiladi

Tojikiston futzal jamoasiga 100 ming AQSh dollar pul mukofoti ajratiladi

Tojikiston futzal terma jamoasi Bangkokda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi-2024da ajoyib harakat qildi va o‘z tarixida ilk bor shu yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mamlakat futbol federasiyasi prezidenti Rustam Imomali ushbu natijalarni yuqori baholab, Tojikiston terma jamoasiga bonus sifatida 100 ming dollar ajratdi.

Qo‘shnilarimiz Osiyo kubogida beshta uchrashuv o‘tkazdi. Turnirning guruh bosqich, ilk o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi mag‘lub etilgan bo‘lsa (2:0), Qirg‘iziston (2:2) va Yaponiya (1:1) jamoalari bilan durang o‘ynadi. Musobaqaning chorak finalida esa Afg‘onistondan kuchliroq bo‘ldi (2:1).

Payrav Vohidov shogirdlari yarim finalda musobaqa mezboni Tailand bilan asosiy vaqtda 3:3, penaltilar seriyasida 5:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Tojikiston 28-aprel, yakshanba kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga garshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 04:19 28.04.2024. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!