Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
2026 yil 24 iyun kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish 11 728 MVtni tashkil qildi. Shundan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga 5 310 MVt to‘g‘ri keldi.
Bu umumiy generasiyaning 45,3 %ini tashkil qiladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 11,7 % ko‘p.
Qayta tiklanuvchi energiya ulushi o‘sgan sayin IESlarda 293 ming kub metr tabiiy gaz sarfi kamaydi, deyiladi xabarda.