Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga qabul qilinadi?

O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida qancha bola 1-sinfga qabul qilinadi?

O‘zbekistonda 2024—2025-o‘quv yilida 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda respublikada 10 182 ta umumta’lim maktablari mavjud. Ularda 6,4 mln dan ortiq o‘quvchilar ta’lim oladi.

2024—2025-o‘quv yilida 700 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 511 484 ta (64 831 tasi onlayn va 446 653 tasi oflayn) ariza qabul qilingan.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud. Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil oladi.

Ma’lumot uchun, 2023—2024-o‘quv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga o‘qishga borgan.

Kiritildi: 23:21 08.07.2024. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!