Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda yana 200 nafarga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 200 nafarga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 28 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 593 (+192) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 147 nafari Toshkent shahrida, 
— 35 nafari Namangan viloyatida, 
— 9 nafari Qashqadaryo viloyatida, 
— 1 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 51 965 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 168 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:05 28.09.2020. O'qildi: 2505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!