Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda xususiy maktablarda ham xijob va 3 smdan ortiq soch-soqol taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy maktablarda ham xijob va 3 smdan ortiq soch-soqol taqiqlanishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Vazirlar Mahkamasidagi Ta’limni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qaror loyihasi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda.

Taklif etilayotgan tahrirga ko‘ra, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda lisenziya talablari va shartlariga ta’lim oluvchilarning kiyimiga:

turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishgahamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xos bo‘lgan harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurishga yo‘l qo‘ymaslik;

o‘g‘il bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishlariga;

qiz bola ta’lim oluvchilarning tashkilotga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘ymaslikka oid qoida kiritilmoqda.

Shuningdek, Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, o‘quvchilarning davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga belgilangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa majburiyhisoblanadi.

Shuningdek, aynan mazkur qoida nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilari uchun tavsiyaviy ekanligiga oid norma bilan to‘ldirilmoqda.

Kiritildi: 14:52 24.02.2020. O'qildi: 4865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!