Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasaymoqda

O‘zbekistonda VPN-ilovalar ommabopligi pasaymoqda

O‘tgan hafta O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan iOS-ilova bo‘lgan VPN Proxy Master pozisiyalarini yo‘qotmoqda va yettinchi o‘ringa tushib ketdi. Bundan App Annie ma’lumotlari darak beryapti.

Ilk yigirmatalikda bo‘lgan ikkita boshqa ilova - Best VPN Proxy Betternet, va VPN 24: Hotspot VPN for iPhone top-100dan butunlay chiqib ketdi.

Shu kabi holat VPN-ilovalarni yuklab olish soni keskin tushib ketgan Google Play’da ham kuzatilmoqda.

Bunga 12 sentyabrdan boshlab Facebook O‘zbekistonda yana barqaror ishlab ketgani bilan izoh berish mumkin.

Undan bir kun oldin «O‘zbektelekom» Facebook bo‘yicha rasmiy bayonot bergandi.

«O‘zbektelekom» ijtimoiy tarmoqqa o‘zi tomonidan cheklov qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarni inkor etib chiqdi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 11:41 14.09.2018. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!