Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 barobarga oshdi

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 barobarga oshdi

2025 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori 1 million 649,2 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 3,3 barobarga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda o‘rtacha oylik pensiya miqdori 494,2 ming so‘m bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sib, 2025 yilda 1 million 649,2 ming so‘mga yetgan.

O‘rtacha oylik pensiya miqdori yillar kesimida:

  • 2016 yil — 494,2 ming so‘m
  • 2017 yil — 556,8 ming so‘m
  • 2018 yil — 640,5 ming so‘m
  • 2019 yil — 733,2 ming so‘m
  • 2020 yil — 848,5 ming so‘m
  • 2021 yil — 963,6 ming so‘m
  • 2022 yil — 1 million 80,8 ming so‘m
  • 2023 yil — 1 million 234,5 ming so‘m
  • 2024 yil — 1 million 495,6 ming so‘m
  • 2025 yil — 1 million 649,2 ming so‘m

Shu tariqa, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori 1 million 155 ming so‘mga, ya’ni qariyb 3,3 barobarga oshgan.

Kiritildi: 18:24 27.08.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!