Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda rus tili mavqeini oshirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda rus tili mavqeini oshirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rus tilining mavqeini oshirish va bu tilni ommalashtirish bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda, dedi Toshkentda o‘tkazilgan "Vinogradov ijodi" xalqaro konferensiyasi davomida Jahon tillari universitet rektori, professor, falsafa fanlari doktori G‘anisher Rahimov. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.

Rektorning so‘zlariga ko‘ra, rus tili mavqeini oshirishga qaratilgan tadbirlar Jahon tillari davlat universitetida tashkil etilgan Rus tili markazida universitet miqyosida hamda boshqa o‘xshash oliygohlar vakillari ishtirokida olib borilmoqda.

"Xususan, Toshkent maktablaridagi o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida sayyor kurslar o‘tkazilmoqda", - dedi Rahimov.

U shuningdek, zamon talabi bugun kuchayganini, endilikda ta’lim dargohlaridan hamkorlikning yangi-yangi shakllari, yangicha yondashuvlar talab etilayotganini qo‘shimcha qildi.

"Biz hamkorlikka, o‘qituvchilar malakasini oshirishda yordam berishga tayyormiz. Bu uchun Rossiyadagi sherik oliy ta’lim dargohlaridan vakillarni jalb qilamiz", - dedi rektor.

Rahimov o‘z chiqishida, O‘zbekiston tomonida Rossiya bilan talabalar va magistrlar almashuvi, pedagoglar malakasini oshirish, shuningdek, turli yangi dastur va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishga qiziqish bildirishini qayd etib o‘tdi.

 

Kiritildi: 16:00 22.05.2019. O'qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!