Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlanadi

O‘zbekistonda reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlanadi

Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Ro‘yxatda jami 1112 ta band mavjud. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor reseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta’sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qat’iy nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

 

 

 

Kiritildi: 14:30 17.10.2019. O'qildi: 1874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!