Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda qor yog‘ishi va sovuq tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda qor yog‘ishi va sovuq tushishi kutilmoqda

12—15 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) osmonida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

12—13 noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) kutiladi. Shamol 18—23 m/soniyagacha kuchayishi, 25—28 m/soniyagacha shiddatga yetishi mumkin.

13—15 noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab havo harorati kechasi 2—7 daraja sovuqqacha, kunduzi 0—5 daraja iliqqacha pasayadi. Shimolda esa kunduzi 8—13 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 10:21 12.11.2018. O'qildi: 2408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!