Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari boshlandi

A A A
O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 1 avgust kuni respublika bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

Toshkent shahrida kirish imtihonlari bir vaqtning o‘zida shaharning bir nechta ob’ektlarida – “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazma pavilyonlarida, Oliy o‘quv yurtlararo sport majmuasi va “Yoshlik” sport markazida o‘tkazilmoqda.

Imtihonlar ikki smenada o‘tkaziladi:

birinchisi - soat 08.00 dan 11.00 gacha;

ikkinchisi - 15.00 dan 18.00 gacha.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va imtihonlar o‘tkaziladigan binolarning sig‘imiga qarab 11 kundan 13 kungacha davom etadi.

Kiritildi: 08:50 01.08.2023. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!