Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda mehmonxonalar mijozlarga nikoh munosabatlaridan qat’iy nazar xizmat ko‘rsatishi belgilandi

O‘zbekistonda mehmonxonalar mijozlarga nikoh munosabatlaridan qat’iy nazar xizmat ko‘rsatishi belgilandi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining O‘zbekiston hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlangan.

Mazkur hujjatga ko‘ra, «Mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’iy nazar ko‘rsatilishi lozim».

Oldinroq mehmonxonalarga «g‘ayriaxloqiy harakatlar»ga gumon bo‘lgan taqdirda mijozlarni joylashtirishni rad etish va bu haqda ichki ishlar idoralarini xabardor qilish huquqi berilishi ko‘zda tutilgandi.

Mehmonxonalar faqat ushbu nizomga zid bo‘lmagan ichki qoidalarni belgilashi mumkin.

Kiritildi: 14:52 21.05.2019. O'qildi: 3278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!