Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda mandarin narxi rekord darajada arzonlashdi

A A A
O‘zbekistonda mandarin narxi rekord darajada arzonlashdi

O‘zbekistonda mandarinlarning ulgurji narxlari pasayishda davom etib, yilning shu davri uchun yangi eng past darajaga yetdi. Bu haqda “EastFruit” tahlillarida keltirilgan.

Joriy yilning 8-dekabridan 15-dekabrigacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi bir kg uchun 10 mingdan 8 ming so‘mgacha, ya’ni oxirgi haftada 20%ga pasaydi.

Oxirgi ikki oyda mazkur mahsulotlarning ulgurji narxlari har hafta pasayib borayotgani hisobga olinsa, 20-oktyabrdan 15-dekabrgacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 29 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha, ya’ni bu davrda 3,6 barobar arzonlashgan.

Shuningdek, 15-dekabr holatiga, mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27%ga va 2021-yilning shu sanasiga nisbatan uchdan biriga arzonroq.

Joriy yilning 20-oktyabridan 10-noyabrigacha mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 29 ming so‘mdan 20 ming so‘mga pasaygandi.

Kiritildi: 16:06 16.12.2023. O'qildi: 7821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!