Gap shundaki, mamlakatga kirayotgan sovuq antisiklon sabab havo almashinuvi zaiflashadi. Havoda ifloslovchi moddalar va mayda zarrachalar to‘planishi kuzatilishi mumkin. Jarayon 3 kun davom etadi.
So‘ng antisiklon ta’siri kuchayib, 16-17 yanvarga borib respublika bo‘ylab havo harorati pasayadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ham prognoz qilinmoqda.
Kutilayotgan yomg‘ir yoki qor natijasida atmosferada to‘planib qolgan mayda zarrachalar yuvilishi va havo sifati yaxshilanishi prognoz qilinmoqda.