“O‘zbekneftgaz” rahbariyati suyultirilgan uglevodorod gazining aholi uchun qiymati qanday shakllanishi haqida ma’lumot berdi. Xabaringiz bor, shu yilning 1 avgust kunidan O‘zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib bir kilogramm uchun 800 so‘m belgilandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Odil Temirov nimaga aynan 800 so‘m qiymati tanlangani, bu narz keyinchalik o‘sishi, va aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash qanday bo‘lishi haqida intervyu berdi.
Suhbatni suyultirilgan gazning maishiy miqyosdagi iste’molidan boshlaymiz, ya’ni xonadonlarda ishlatishi. Gaz qiymatini “O‘zbekneftgaz”ning o‘zi belgilaydi. Agar biz ushbu narxning o‘sishiga guvoh bo‘lsak, yoki davlat tomonidan belgilangan qiymat qolib, sotilayotgan narxlar boshqacha bo‘lsa, oddiy aholi qanday yo‘l tutishi kerak?
Aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan suyultirilgan gaz qiymati Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Hozirgi kunda 20 kilolik gaz balloning xududga qarab qiymati 6500-14500 so‘mni tashkil etadi. Shu yilning 1 avgustidan O‘zbekistonda suyultirilgan gazning aholi ehtiyoji uchun ajratiladigan yagona qiymati etib, bir kilogramm uchun 800 so‘m belgilanadi.
Respublika bo‘ylab gaz ta’minoti bo‘yicha xududiy bo‘linmalarimiz mavjud, ularning har birida ishonch telefonlari ishlayapti. Iste’molchilar biror bir qonunbuzarliklarni payqagan holda, ushbu raqamlar orqali marojaat qilishlari mumkin. Biz har bir murojaat ko‘rib chiqamiz va kerakli chora ko‘ramiz.
Iste’molchilarning ehtiyojidan tashqari suyultirilgan gaz eksportga ham chiqariladi, avtomobil gaz quyish shahobchalariga jo‘natiladi. Bilishimizcha, avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz qiymati tobora o‘sib bormoqda, va ayrim xududlarda esa uning narxi benzindan narxidan ham oshib ketgan. Bu nima bilan bog‘liq?
Haqiqatan, gaz iste’molchilarini uch yo‘nalishga ajratish mumkin: bu, eng avvalo, aholi (ovqat tayyorlash uchun), avtomobil gaz quyish shahobchalari va suyultirilgan gazning qo‘shni davlatlarga ekporti. May–iyun oylarida ichki birja savdolarida suyultirilgan gaz qiymatining o‘sishi qayd qilingan edi. Bu o‘z o‘rnida yoqilg‘iga bo‘lgan narhning ko‘tarilishida aksini topmoqda. O‘tgan yilga nisbatan “O‘zbekneftgaz” tomonidan ajratilayotgan gaz hajmi 26 foizga ortgan. Ya’ni, ushbu turdagi yoqilg‘i taqchilligi haqida gapirishga asos yo‘q. Shu bilan birga, 2017 yil bilan solishtirilganda, suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni 11 ming donaga qisqargan. Shunga qaramay, biz tovar-xom ashyo birjasida narxlar o‘sishini kuzatmoqdamiz.
Tushunish kerak, suyultirilgan gaz birja savdorlariga ishlab chiqarish tan narxida bir tonna uchun 500 mingdan bir million so‘mgacha bo‘lgan qiymatda chiqariladi. Savdo vaqtida mijozlaring o‘zi narxlarni belgilaydi, va eng yaxshi taklif bergan mijoz gazni sotib oladi. Hozirgi kunda, biz ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar, tovar xom-ashyo birjasidagi qiymat shakllanishini boshqarish imkoniga ega emasmiz, va o‘z o‘rnida, gaz quyish shahobchalaridagi narxlarni ham.
Ekport siyosati borasida shuni aytish kerakki, “O‘zbekneftgaz” AJ har yili eksport jadvalini tuzadi. Suyultirilgan gaz asosan qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi. Bu yili, biz ichki birja savdolariga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 38 ming tonna ko‘proq suyultirilgan gazni qo‘ydik va bu suyultirilgan gaz quyadigan mashinalar soni ortmaganini inobatga olganda, ishonch bilan aytamanki, respublika bo‘ylab gaz quyish shahobchalarida katta navbatlar kuzatilmayapti. Bu yil benzin ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirdik. Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” oldiga suyuq yoqilg‘ining uch oylik zahirasini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan edi. Va biz buni uddaladik.
Siz suyultirilgan gaz quyadigan avtomobil texnikasi soni qisqargani haqida aytib o‘tdingiz, bu nima bilan bog‘liq?
Vazirlar mahkamasining 11 oktyabr 2017 yildagi 815-sonli farmoniga muvofiq, suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan yangi gaz quyish shahobchalarini ochishga lisenziya berish to‘xtatildi. Istiqbolda suyultirilgan gazni avtomobil gaz quyish shahobchalariga yetkazib berish ham to‘xtatiladi deya tahmin qilish mumkin. Asosiy maqsad – aholi va boshkalar ehtiyojini qondirish. Hozirda avtomobil metan gazi to‘ldirish kompressor shahobchalari soni ortib bormoqda. Ular bemalol suyultirilgan gaz quyish shahobchalarininig o‘rinini bosishlari mumkin. Ayni vaqtda bu turdagi shahobchalar bir yilda 2 million tonna ekvivalenti mikdoridagi benzin yoqilg‘isi hajmini egallaydi.
Shunday qilib, avtomobil egalarining yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji teng taqsimlanmoqda. Bizda benzin yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz yetarli darajada mavjud va shu bilan birga salmoqli hajmda siqilgan metan gaziga ham egamiz. U hozirda boshqa resurslardan qiymat omilida o‘zib ketadi.
Odil Shukurovich, suyultirilgan gazni taqsimlash mexanizmi haqida gapirib bersangiz...
Suyultirilgan gaz “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ gaz qazib olish va qayta ishlash korxonalari tomonidan qazib chiqariladi va qayta ishlanadi. Respublika bo‘ylab suyultirilgan gazga bo‘lgan talabni monitoring qilish asosida “O‘ztransgaz” AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy bo‘linmalari buyurtma beradilar va shundan kelib chiqib suyultirilgan uglevodorod gazi ortiladi va gaz to‘ldirish stansiyalari hamda gaz to‘ldirish punktlariga transportirovka qilinadi. O‘tgan yilda aholiga 366 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Bu yili ushbu ko‘rsatkichni 406 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Gaz ballonlarni ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish “O‘zneftgazmash” AJ zavodlari – Chirchiq zavodi, Buxoro va Qo‘qon ta’mirlash-mexanika zavodlarida amalga oshiriladi. O‘tgan yili aholiga 750 ming donadan ortiq yangi suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilgan, bu yilgi reja esa 634 ming dona. Ta’kidlash kerakki, gaz ballonlari sotilmaydi, iste’molchilar faqat uni ichidagi gazni harid qiladilar.
Manba: qalampir.uz