Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari o‘tkazilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Xalqaro avtomobil federasiyasining (FIA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan ushbu nufuzli tashkilot prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda delegasiya tarkibida FIA Senati prezidenti Karmelo Sans de Barros hamda mobillik va turizm bo‘yicha vise-prezidenti Tim Shirman ham ishtirok etdi.

Avtosportni tartibga soluvchi va yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qiluvchi ushbu global tashkilot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mamlakatimizda avtomobil sportining kartingdan tortib, to «Formula» poygalarigacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari o‘tkazilishi mumkin

FIA universitetining imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘zbekistonlik poygachilar, karting haydovchilari, muhandislar, konstruktor va mexaniklarni tayyorlash, O‘zbekistonda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish, piyoda va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashish hamda mazkur xalqaro tashkilot shafeligida xalqaro musobaqalar, avvalo, «Formula-1» bosqichlarini o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari FIA bilan hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonda avtosportni xalqaro standartlarga muvofiq ommalashtirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun FIA rahbariga davlatimizning yuksak mukofoti – «Do‘stlik» ordenini topshirdi.

O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari o‘tkazilishi mumkin

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston 2019 yildan buyon federasiyaning faol a’zosi hisoblanadi. O‘tgan yili Samarqandda FIA 120 yilligiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tgan edi. Bu yilgi tadbir doirasida 12 dekabr kuni «Humo Arena» majmuasida yuqori martabali xorijiy mehmonlar va chempion poygachilar ishtirokida eng namunali sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:25 09.12.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!