Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga to‘lab berilgan ish haqi qanchaligi ochiqlandi

O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga to‘lab berilgan ish haqi qanchaligi ochiqlandi

O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan 2024 yil iyun oyining II yarmi ish haqi uchun to‘lab berilgan to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga byudjet mablag‘lari hisobidan 2024 yil iyun oyining II yarmi uchun jami 5 840,7 milliard so‘mlik ish haqi to‘lab berildi.

G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta’minlanayotgani qayd etildi.

Kiritildi: 18:41 08.07.2024. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!