O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «saxovat» va «muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
2021 yil 1 apreldan boshlab:
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:
rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshini 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
«Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.