Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirdaligini bildiradi.

Barcha tomonlarni vazminlikka da’vat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli keskinlashuvga sabab bo‘ladigan keyingi qadamlardan tiyilishga chaqiramiz.

Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va o‘zaro maqbul muloqot yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidlaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori va vaziyat eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor bo‘lib qoladi.

Kiritildi: 22:36 28.02.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!