Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Xitoy vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi

O‘zbekiston Xitoy vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi

ZF2001 – hozirgacha Xitoy vaksinasi deb atalayotgan ushbu emlash vositasi tez orada O‘zbekistonda ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatilishi kutilmoqda. Innovasion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ding Fan, Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasining O‘zbekistonda klinik sinovlari uchun mas’ul mutaxassisi:

Ma’lumki, ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza xalqaro klinik sinovlari bilan bog‘liq tadqiqot davom etmoqda va dastlabki natijalarga ham erishildi. 16.02.2021 y. holatiga O‘zbekistonda 6823 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi, 2556 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi va 6 nafar ko‘ngilli 3-doza bilan emlandi. COVID-19ga qarshi immunitetni shakllantirish va koronavirus tarqalishini oldini olish uchun aholini zudlikda ommaviy emlash talab etiladi. Bunda O‘zbekiston ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berishga qaratilgan ishlarni olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi, ya’ni ilmiy jarayonlarda teng sherik sifatida tan olindi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish, yangi vaksinalarni yaratish, tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. O‘z navbatida vaksinalardan favqulodda foydalanish uchun O‘zbekistonga ustuvorlik beriladi. Ayni vaqtda ZF2001 vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat olish va rasmiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha hamkorlikda ishlanmoqda. Rasmiy jarayonlarda so‘ng vaksinamiz O‘zbekiston Respublikasida ZF-UZ-Vac2001 nomi bilan tarqatiladi.

Kiritildi: 15:49 18.02.2021. O'qildi: 1601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!