Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov yana bir mukofot bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov yana bir mukofot bilan taqdirlandi

Madaniyat vazirligida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

MDH davlatlaridagi fan, san’at, madaniyat sohalarida ulkan natijalarga erishgan insonlarga beriladigan ushbu nufuzli mukofotning taqdirlash marosimi pandemiya sababli onlayn shaklda o‘tkazildi. Marosimda MDH mamlakatlaridan mukofotlangan nomzodlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti 2009 yilda MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo fondi tomonidan ta’sis etilgan. Ushbu mukofot xalqaro darajada yutuqlarga erishgan, amalga oshirgan ishlari jahon mamlakatlarining rivojiga hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.

Kiritildi: 15:25 02.12.2020. O'qildi: 3972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!