Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

O‘zbekiston Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan aloqalarini kengaytirishda yana bir qadam tashladi. 22 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

"Dunyo" axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni O‘zbekistonning BMT huzuridagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Vanuatuning BMTdagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzolagan.

Tomonlar uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashtirilgan tuzilmalari doirasida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Mazkur kelishuv O‘zbekistonning Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar geografiyasini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi qadam sifatida qayd etildi.

Kiritildi: 14:50 24.09.2026. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!