Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkmaniston Amudaryodan foydalanishni kelishib oldi

O‘zbekiston va Turkmaniston Amudaryodan foydalanishni kelishib oldi

O‘zbekiston va Turkmaniston suv xo‘jaligi idoralari rahbarlari suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatasiya qilish va modernizasiyalash, Amudaryoda selga qarshi va qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini olib borish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Dunyo”axborot agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 13-14 mart kunlari O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi delegasiyasi ishchi tashrif bilan Turkmanistonga borgan va Turkmanobod shahrida ikkala davlat suv xo‘jaligi idoralari rahbarlari va mutaxassislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar natijasida o‘zbek-turkman suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar kelishib olingan.

“Tomonlar Amudaryo oqimi yo‘qotishlarining oldini olish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan zarur gidrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Muloqot davomida, shuningdek, transchegaraviy suv ob’ektlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va suv resurslari hisobini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashish hamda suv xo‘jaligi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston suv xo‘jaligi idoralari vakillari Tuyamo‘yin gidrouzeli ob’ektlariga tashrif buyurib, ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni joyida muhokama qilgan.

Kiritildi: 03:55 18.03.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!