Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Turkiya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Turkiya turizm sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risida Bayonnoma imzolandi.

Hujjatda tomonlarning yaqin yillarda o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlari, bu boradagi qo‘shma loyiha va tashabbuslar belgilab berilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev va Turkiya madaniyat va turizm vaziri M.Ersoy o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan joriy yilning 3 iyun kuni turizm bo‘yicha selektor yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, Turkiya tomoni bilan Turkiyaning yirik majmualarida O‘zbekiston mehmonxona biznesi rahbarlarining malakasini oshirish, tibbiy turizmni rivojlantirishga turk tajribasini jalb etish, talabalar uchun yangi ta’lim dasturlarini amalga oshirish va boshqa takliflar ishlab chiqildi.

Ikki mamlakatning yetakchi turoperatorlari, mehmonxona tarmoqlari ishtirokida Xiva shahrida O‘zbekiston-Turkiya turizm bo‘yicha qo‘shma komissiyasining navbatdagi III majlisini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 18:08 07.06.2024. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!