Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muhim bitim bugundan kuchga kirdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muhim bitim bugundan kuchga kirdi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning 2019 yil 15 aprel kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 2020 yil 22 maydan kuchga kirdi.

Hujjat noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, ikki davlatning hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Qayd etilgan Bitim doirasidagi hamkorlik manfaatdor Tomonning yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bitimda, shuningdek, noqonuniy migrasiyaga qarshi samarali kurashish maqsadida ma’lumot va tajriba almashish, Tomonlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda qo‘shma tezkor profilaktik tadbirlarni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

 

Kiritildi: 18:23 22.05.2020. O'qildi: 4572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!