Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini, mamlakatlarimizning birodar xalqlari va faxriylarini Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt-saodat va farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo va investisiyalar ko‘rsatkichlari izchil oshib borayotgani, parlamentlar, hukumatlar va hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, sanoat kooperasiyasi, transport va logistika, energetika, infratuzilma va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 18:57 09.05.2022. O'qildi: 2729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!