Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizining qurib qolgan qismidan chegara o‘tkazadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizining qurib qolgan qismidan chegara o‘tkazadi

2019-yilning 10-14-iyun kunlari Jizzax shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda davlatlararo chegara demarkasiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismidagi O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi uchastkasida dala demarkasiya ishlari bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunlarida delegasiya rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston Respublikasi TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli Bayonnomani imzoladilar.

 

Kiritildi: 15:32 14.06.2019. O'qildi: 2339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!