Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston va Fransiya hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Fransiya hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Jizzax viloyatidagi "Forish" poligonida fransiyalik harbiylar bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

"Rejaga ko‘ra tajriba almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning deyarli barchasi «Forish» poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan", - dedi suhbatdosh.

Fransiyadan kelgan mutaxassislar "Mergan kundaligi" o‘quv qo‘llanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga ko‘ra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan so‘ng ular guruhlarga bo‘linib, o‘z darajasiga ko‘ra ularga alohida mashg‘ulotlar o‘tiladi.

Ta’kidlanishicha, bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali bo‘lib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashg‘ulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildirilmoqda.

 

Kiritildi: 14:17 14.09.2018. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!