Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: 19:53 29.09.2026. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!