Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babish uchrashib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasini muhokama qildi.
Savdoni oshirish uchun Chexiyada O‘zbekistonning ilk sertifikatlash filiali ochiladi. Shuningdek, “Evro-6” standartidagi avtomobillarni tekshiradigan zamonaviy laboratoriya quriladi.
Tomonlar mashinasozlik, “yashil” energiya, kimyo va farmasevtika yo‘nalishlarida Texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqishni ham kelishib oldi.
Toshkent–Praga o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni tiklash masalasi ham ko‘rib chiqildi.