Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston-Turkmaniston: turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

O‘zbekiston-Turkmaniston: turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 14 iyul kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Mazkur bitim kuchga kirgan kundan boshlab bundan avvalgilari, ya’ni 1996-yil 16 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim va 2009-yil 25 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi va Turkmaniston turizm va sport bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘z kuchini yo‘qotadi.

Hujjatda tomonlar “Buyuk Ipak yo‘li”, “Bir sayohat - butun mintaqa” va boshqa qo‘shma turistik marshrutlar hamda brendlarni ilgari surishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida nashrlar chop etish belgilangan. Bitim ommaviy axborot vositalarida reklama kompaniyalarini o‘tkazish, tanishtiruv sayohatlari va kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda turizm sohasi vakillari uchun malaka oshirishlarni tashkil etish, ma’lumotlar almashinish, mavjud kombi (qo‘shma) turistik yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish va yangilarini ishlab chiqish, shuningdek, transchegaraviy turistik almashinuvni rivojlantirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Mazkur bitimning imzolanishi va amalga oshirilishi Turkmanistondan O‘zbekistonga turistik oqimni yanada ko‘paytirishga, O‘zbekiston turistik brendining Turkmaniston bozorida tanilishiga va ikki mamlakat turizmi industriyasi subektlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga yordam beradi.

Kiritildi: 13:45 15.07.2022. O'qildi: 2305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!