Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi otishmada halok bo‘lganlarning ismlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi otishmada halok bo‘lganlarning ismlari ma’lum qilindi

Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi Ishqobod chegara postiga qurolli hujum paytida chegara nazoratchisi va milisiya xodimi o‘ldirildi, 15 jangari yo‘q qilindi.

Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida sodir bo‘lgan voqea paytida halok bo‘lgan xavfsizlik xodimlarining ismlari ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston manbasi.

Halok bo‘lganlardan biri chegara nazoratchisi Izzatullo Abubakr, Dushanbedagi Zarafshon tumanidagi taniqli din arbobi Abubakr Latipov yoki Mullo Abubakrning o‘g‘li bo‘lgan.

U atigi 26 yoshda edi. Izzatulloning qarindoshlariga ko‘ra, u yaqinda uylangan bo‘lgan. 

Hujum paytida halok bo‘lgan ikkinchi - milisiya xodimi Bahrom Shahzoda. U Rudaki tumani Esanbay qishlog‘ida uchastka milisiyasi xodimi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, tunda 20 kishidan iborat qurolli guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi Ishqobod chegara postiga hujum qilishgan, ulardan 15 tasi voqea joyida yo‘q qilingan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ISHIDning hibsga olingan jangarilari terrorchilik xurujlarini rejalashtirganliklarini tan olishgan. Ayni paytda voqea joyida tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:50 07.11.2019. O'qildi: 8197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!