Kecha, 23 avgust sanasida Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasi doirasida 1/8 finalning 4 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongni mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan edi.
Endi o‘zbekistonlik futbolchilar yarim finalga chiqish uchun Eronni musobaqadan chiqarib yuborgan Janubiy Koreya termasiga qarshi kurash olib boradi. Bahs 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Chorak finalning yana bir uchrashuvi Suriya hamda Vyetnam terma jamoalari o‘rtasida kechadi.
Bugun chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi.
Osiyo o‘yinlari—2018: Futbol, 1/8 final bahslari.
24 avgust, juma
Xitoy – Saudiya Arabistoni 14:00
Indoneziya – BAA 14:00
Malayziya – Yaponiya 17:30
Bangladesh – KXDR 17:30