Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi yodgorlikka gul qo‘ydi

O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi yodgorlikka gul qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi “Halk hakydasy” (“Xalq xotirasi”) yodgorlik majmuasida bo‘ldi.

Bu majmua 1880-1881 yillardagi Go‘ktepa jangi, Ikkinchi jahon urushi va 1948 yildagi Ashxobod zilzilasiga bag‘ishlangan uch qismdan iborat. Markaziy monument ortida shu mudhish voqealar haqida hikoya qiluvchi muzey ham bor.

Davlatimiz rahbari o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, yodgorlik poyiga gul qo‘ydi. Muzey eksponatlari bilan tanishib, Faxriy mehmonlar kitobida dastxat yozib qoldirdi.

Kiritildi: 17:29 21.10.2022. O'qildi: 1458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!