Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Pokiston — Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatdan xavotirda

A A A
O‘zbekiston Pokiston — Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatdan xavotirda

O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi.

"Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz", deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Kiritildi: Bugun 20:39. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!