Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, har yili dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi professsional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish taklifi berilmoqda.
Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval avia va temir yo‘l chiptalarining to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma ko‘zda tutiladi.