Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib Armanistonning “Urartu” jamoasi bo‘ldi.

Uchrashuvda milliy jamoamiz hujumkor o‘yin namoyish etdi va 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda hisobni Alisher Odilov ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Javohir Husanov hamda Avazbek O‘lmasaliyev (ikki bor) raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

“Urartu” jamoasi esa uchrashuv davomida ikki bor javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi, ulardan biri qo‘shimcha daqiqalarda penalti orqali urildi.

Nazorat uchrashuvi
O‘zbekiston — «Urartu» — 4:2
Gollar: Alisher Odilov (35), Javohir Husanov (58), Avazbek O‘lmasaliyev (62, 70) — «Urartu» (19, 105+3, penalti)

Kiritildi: 23:26 30.01.2026. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!