Avval xabar berganimizdek, «Maktab ta’limi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim o‘zgarishlar va muammolar tahlili» mavzusidagi sessiya davom etmoqda.
Sessiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga jurnalistlar maktablarda maxsus avtobuslar tashkil qilinishi bilan bog‘liq savol bilan murojaat etishdi.
Vazir ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
«Maktablarda avtobuslar qatnovi bo‘yicha «Toshshaharyo‘lovchitrans» davlat uyushmasi bilan hamkorlik qilyapmiz. Biz ularga shahardagi barcha maktablar dislokasiyasini taqdim etmoqdamiz. Shahar avtobus yo‘nalishlari barcha maktablarni qamrab oladi. Maktab uchun alohida maxsus avtobuslar tashkil etish esa rejada yo‘q», deb javob berdi Sherzod Shermatov.
Taajjublanarlisi, vazir javobida faqat poytaxt maktablari nazarda tutilib, viloyat maktablari e’tibordan chetda qoldi nazarimizda, deb yozmoqda O‘zA.