Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston mahsulotlari Xitoyning Xaynan provinsiyasida namoyish etilmoqda

O‘zbekiston mahsulotlari Xitoyning Xaynan provinsiyasida namoyish etilmoqda

Xitoyning Xaynan provinsiyasi Xaykou shahrida bo‘lib o‘tayotgan "To‘rtinchi Xitoy xalqaro iste’mol tovarlari ko‘rgazmasi"da O‘zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etilyapti, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko‘rgazma pavilyonida mamlakatimizning eksport va turizm salohiyatini o‘zida aks ettirgan hunarmandchilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, ipak mahsulotlari va sopol buyumlari hamda xalq amaliy san’atining rang-barang namunalari namoyish etilmoqda.

"O‘zbekiston kulolchilik va naqqoshlik maktabi o‘ziga xos va qadim tarixga ega. Ushbu ko‘rgazmada ko‘rgan Rishton sopol idishlari menga juda yoqdi. Xaynan bozorida ushbu idishlarni sotish va sotib olishga qiziqish bor", – dedi ishtirokchilaridan biri Yang Lin.

Shuningdek, ko‘rgazma mehmonlari e’tiboriga O‘zbekistonning eksport va turizm imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi xitoy tilidagi targ‘ibot materiallari tarqatilyapti hamda mamlakatimizning qadimiy shaharlari va madaniyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston hunarmandchilik mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksportini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, ko‘rgazma davomida ko‘plab xorijiy importyorlar va ishbilarmonlar o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, XXRning turli hududlarida mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish hamda eksportbop mahsulotlarning namoyish etilishi O‘zbekiston tovarlarining Xitoy bozoriga kirib borishi va mahalliy iste’molchilar tomonidan qiziqishning ortib borishiga xizmat qilmoqda.

Kiritildi: 10:05 20.04.2024. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!