Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Kunning markaziy bahsi Farg‘onada «Neftchi» va «Paxtakor» o‘rtasida kechadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
«Paxtakor» musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Toshkentliklar 2025 yilgi finalda «Buxoro»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida 14-marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi.
«Neftchi» esa bugungi bahsga yaxshi kayfiyatda yetib kelmoqda. Farg‘onaliklar Superligadagi so‘nggi uchrashuvida «So‘g‘diyona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. «Paxtakor» esa oxirgi chempionat o‘yinida «Dinamo» bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan.
Kunning yana bir uchrashuvida «Surxon» Birinchi liga vakili «Guliston»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs soat 18:00 da boshlanadi. Har ikki juftlik g‘olibi O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oladi.