Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Kiyevdagi elchixonasini ko‘chiradimi?

A A A
O‘zbekiston Kiyevdagi elchixonasini ko‘chiradimi?

Kiyevda elchixonalari bo‘lgan ko‘plab davlatlar o‘z idoralarini Lvov shahriga ko‘chirdilar. O‘zbekiston ham shunday yo‘l tutishni rejalashtirganmi? O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov bu savolga javob berdi.

"Ayni paytda bizning asosiy ustuvor vazifamiz Ukrainadagi mavjud og‘ir vaziyatni inobatga olgan holda barcha O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz yevakuasiya qilishni ta’minlashdir. Yelchixonaning boshqa hududga ko‘chirilishi bu jarayonlar samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Shu nuqtayi nazardan hozirda Yelchixonamizni Kiyevdan ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti", dedi u.

Kiritildi: 19:01 02.03.2022. O'qildi: 3640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik