Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirdi, deb xabar qilmoqda prezidenti matbuot xizmati.
Hindiston ko‘p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi.
"Bu sohalar rivojiga katta e’tibor qaratayotgan O‘zbekiston uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkor", - deyilgan xabarda.
Muzokaralarda savdo, iqtisodiyot, investisiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmasevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.