Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarosi Litva chegarasini noodatiy usul va kiyimda kesib o‘tmoqchi bo‘ldi (+video)

O‘zbekiston fuqarosi Litva chegarasini noodatiy usul va kiyimda kesib o‘tmoqchi bo‘ldi (+video)

O‘zbekiston fuqarosi Belarus va Litva chegarasida qo‘lga olindi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri Litva davlat chegarasi qo‘riqlash xizmati axborotiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik 37 yoshli fuqaro Belarusdan Litvaga ichidan folga bilan qoplangan maxsus kiyimda, orqachasiga yurib o‘tgan. Uning ushbu harakati videokameralarga muhrlanib qolgan. U chegarachilarni chalg‘itmoqchi bo‘lgan. Ya’ni Litvadan Belarusga o‘tilganidek taassurot qoldirishni rejalashtirgan.

Kinologlar darhol voqea joiyga yetib kelgan va Belgiya ovcharkasi qonunbuzar kiyimlarini qayerga yashirganini topgan. Keyinroq esa aybdor ham topilgan. U folgaga oralgan kiyim orqali “teplovizor”ni chalg‘itmoqchi bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunbuzarga jarima, qamoqqa olish yoki 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Kiritildi: 17:35 24.01.2020. O'qildi: 3596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!