Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “S5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperasiya loyihalari faol pallaga kirdi.

Madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.

Kiritildi: 17:44 19.10.2026. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!