Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Eronga qarshi tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston Eronga qarshi tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Eronni mag‘lub etib, o‘zaro bahslar tarixida yangi natija qayd etdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:1 hisobida "oq bo‘rilar" foydasiga yakunlandi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Eron darvozasiga bir o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bunga qadar forslarga qarshi eng sermahsul natija 2023 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynagan.

Eron ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi sinovga tayyorgarlikni boshlaydi.

Milliy jamoamiz 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!