Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligidagi delegasiya Moskvada tashrif bilan bo‘ldi. Uch kunlik tashrif davomida delegasiya Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administrasiya rahbarining o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tuzilmalari, kreativ va media tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy e’tibor muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim tadbirlarini o‘tkazish masalalariga qaratildi.

Boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanishuv katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar tomonlarning media va kommunikasiyalar sohasida ochiq muloqotga, tajriba almashishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 17:47. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!